O`zbekiston quruqlikda joylashgan mamlakat bo`lib, chegarasi g`arbdan sharqqa 1500 km, shimoldan janubga 1000 km-ga cho`zilgan. O`zbekiston Respublikasi Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston bilan chegaradosh. Mamlakatning iqlimi yumshoq, namgarchiligi kam, yozi uzun va issiq, qishi esa uncha sovuq emas. Mamlakat hududida neft, tabiiy gaz, uran, mis, tilla kabi minerallarning o`lkan zahiralari mavjud. O`zbekiston Respublikasida O`rta Osiyoning beshta respublikasi ichida eng ko`p aholi istiqomat qiladi. Aholi soni 2003 yilda 25.5 millionni tashkil qildi. Aholi soni 2013 yilda 29.5 millionni tashkil qildi. Aholininig 78% ni o'zbeklar, qolgan qismini esa rus, tojik, qozoq, qoraqalpoq, tatar va boshqa millat vakillari tashkil qiladi. Umumiy aholidan 49% qishloqda, 51% esa shaharda istiqomat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.
Demografiyasi
Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh" boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 39 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 54 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.
Etnik tarkibi
- Oʻzbeklar — 18 mln. 959 ming kishi (Jami aholining 78 %)
- Ruslar — 1 mln. 199 ming kishi
- Tojiklar — 1 mln. 166 ming kishi
- Qozoqlar — 990 ming kishi
- Qoraqalpoqlar — 504 ming kishi
- Tatarlar — 324 ming kishi (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 700 mingga yaqin)
- Qirgʻizlar — 232 ming kishi
- Koreyslar — 164 ming kishi
- Turkmanlar — 152 ming kishi
- Ukrainlar — 105 ming kishi
- Armanlar — 42 ming kishi
- Ozarbayjonlar — 36 ming kishi
- Forslar — 30 ming atrofida
- Uygʻurlar — 20 ming atrofida
- Beloruslar — 20 ming atrofida
- Qrim tatarlari — 10 ming atrofida (boshqa maʼlumatlorga koʻra — 90 mingga yaqin)
- Joʻhitlar — tahminan 20 — 30 ming kishi
- Turklar — 10 ming atrofida
- Olmonlar — 7.9 ming kishi
- Yunonlar — 10 mingdan ozroq
Madaniyat
Qadimdan Oʻzbekiston zamini Oʻrta Osiyoda madaniyat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Bu yurtdan chiqqan olim-u shoirlar butun dunyoni lol qoldirgan. Hozir ham davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasida Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasi rivojlanmoqda. Oʻzbek kinolari xalqaro kinofestivallarning gʻolib boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ayniqsa qoʻshiqchilik sanʼati keng rivojlangan. Oʻzbek primadonnasi nomini olgan Yulduz Usmonovani nafaqat Oʻrta Osiyoda, balki butun dunyo boʻylab muhlislarini topish mumkin. Shu qatorga yana Sevara Nazarxon, Ozodbek Nazarbekov Rayhon, larni qoʻshish mumkin.
Din
Aholining koʻpchilik qismi islom dinining hanafiya mazhabidagi musulmonlardir. Bundan tashqari mamlakatda masihiylik dinining provoslav, katolik va protestant mazhablari, yahudiylik dini hamda Iyegova shohidlari mavjud.
Taʼlim
Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joiy, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaetganligidan qatʼi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Viloyatlar
Oʻzbekiston 12 ta viloyat (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.
Boʻlinishi | Markazi | Maydoni (kv.km) | Aholisi | Raqam |
---|---|---|---|---|
Andijon viloyati | Andijon | 4,200 | 1,899,000 | 2 |
Buxoro viloyati | Buxoro | 39,400 | 1,384,700 | 3 |
Fargʻona viloyati | Fargʻona | 6,800 | 2,597,000 | 4 |
Jizzax viloyati | Jizzax | 20,500 | 910,500 | 5 |
Xorazm viloyati | Urganch | 6,300 | 1,200,000 | 13 |
Namangan viloyati | Namangan | 7,900 | 1,862,000 | 6 |
Navoiy viloyati | Navoiy shahri | 110,800 | 767,500 | 7 |
Qashqadaryo viloyati | Qarshi | 28,400 | 2,029,000 | 8 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Nukus | 160,000 | 1,200,000 | 14 |
Samarqand viloyati | Samarqand | 16,400 | 2,322,000 | 9 |
Sirdaryo viloyati | Guliston | 5,100 | 648,100 | 10 |
Surxondaryo viloyati | Termiz | 20,800 | 1,676,000 | 11 |
Toshkent viloyati | Toshkent shahri | 15,300 | 4,450,000 | 12 |
Tabiiy resurslar
O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor. Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ngʻir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda. Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi. Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha yettinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi. Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.