Juma, 03.Мая.2024, 01:32
...::: Z A R Q A Y N A R    O' Z B E K I S T O N :::...
O'zbekiston kelajagi buyuk davlat!
NEWS | Evrika | NEWS | Shou-Biznes | NEWS | Sport | NEWS | Ilim & Fan<< Yangililar
...::: Z @ R Q @ Y N @ R :::...
...::: TOP NEWS :::...
[I.T]
Почему Paynet округлил платежи?
[Ilim]
Халқ таълими вазирлиги ва Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш ва педогогик-психологик Республика Ташхис маркази томонидан янги дастур
[Sport]
ФИФА РЕЙТИНГИ: ЎЗБЕКИСТОН ЯНА ОСИЁНИНГ ТЎРТИНЧИ ТЕРМА ЖАМОАСИГА АЙЛАНДИ
[I.T]
Шесть признаков прослушиваемого мобильного телефона
[Sport]
ЎЗБЕКИСТОН ЁШЛАР ТЕРМА ЖАМОАСИ (U-20) ИСПАНИЯ ВА ЧИЛИ ЁШЛАРИ БИЛАН ЎЙНАЙДИ
[Sayit | Yangiliklar / NEWS]
Tez kunda...
...::: Goroskop :::...

Hamal:(7-13 Iyul)
Ushbu hafta oldingi qo'yilgan maqsadga erishishda atrofdagilar bilan jips aloqada bo'lishga to'g'ri keladi. Ishlar nazoratni susaytirmaslik uchun sheriklar bilan tez-tez maslahatlashib turishingiz kerak. Har qanday malumotdan oqilona foydalaning. Juma kuni hush habar eshitasiz.


Savr:(7-13 Iyul)
Turli masalalarni hal qilish bilan jiddiy shug'ullanishga to'g'i keladi. Uydagilar bilan munosabatda imkoni boricha qulaylik hosil qiling. Ayrim bekalar uy tozalash haqida o'ylamoqda. Bu yumushni dam olish kunlari amalga oshiring. Shahar chetiga uyushtirilgan sayohatlar ham omadli bo'ladi.


Javzo:(7-13 Iyul)
Ayrimlarning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishga shahsiy intizom etishmasligi va fikri tarqoqlik halaqit berishi mumkin. Ba'zilar buni chorshanba kuni anglab yetadi va darhol vaziyatni o'nglab olishga kirishadilar. Aynan shunday yo'l tutganlarning ishi yurusha boshlaydi. Sizni muhum uchrashuvlar kutmoqda.


Saraton:(7-13 Iyul)
Hafta o'rtasida ishlar ko'payib, bundan asabiylasha boshlaysiz. Aql bilan ish tutsangiz, ishlarni darrov o'z izmizga solib olasiz. Birgina mehnat faoliyatida emas, balki boshqa sohalarda ham siz uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilichi kutilmoqda. Ilgari siz ishiga salbiy baho bergan kishilarning sizga foydasi tegadi.


ASAD:(7-13 Iyul)
Qanday vaziyatga tushib qolishingizdan qatiy nazar, muhum qaror chiqarishda o'ylab ish tuting. Ichki ovozga quloq solish ish beradi. hafta o'rtasida ayrimlarga mutlaqo kutilmagan taklif tushishi mumkin. Nima bo'lganda ham javob berishga shoshilmang.


Sunbula:
So'ngi payitlarda boshlab qo'ygan loyihalaringiz omadli yakunlanadi va sizga yahshi daromad keltiradi. Lekin bo'shashish kerak emas. Hali o'ta muhum masalalarni hal etish lozim. Ishhonada rahbariyatdan tushadigan taklif ayrimlarga ancha qo'l kelishi mumkin.


Mezon:(7-13 Iyul)
Hafta davomida o'zingizga o'z kuchingizga ishonchingiz ortadi. Nihoyat, hayot naqadar go'zal va qiziqarli ekanini tushunib olasiz. Rejalarda jiddiy o'zgarishlar bo'lishi kutilmayapti. Juma kuni ayrimlar eski muammolarga qayta to'qnash kelishi mumkin. Havotir olmang hammasi o'z iziga tushib ketadi.


Aqrab:(7-13 Iyul)
Hafta boshidan o'z ishlaringizdan qoniqmaslikni his qilasiz. Hammasini to'g'irlayman deb ishkal chiqarib o'tirmang tag'in. Demak shunday bo'lishi kerak ekan. Chorshanba kuni g'ayratingiz jo'shib ko'pgina ishlarni bitirib olasiz. Muammolarga bosiqlik bilan qarasangiz ularni yechishda muammo tug'ulmaydi.


Qavs:(7-13 Iyul)
Salbiy hislatlar bilan kurashish ancha qiyin kechadi. Hech bo'lmaganda vaqti-vaqti bilan bu ishni qilib turish zarur. Atrofingizda sizga hurmati baland kishilar ko'p, imkoni boricha ularni ko'nglini qoldirmaslikka harakat qiling. Negaki hafta omadli keladi.


Jadiy:(7-13 Iyul)
Kundalik tashvishlardan ortib oila azolaringizga etibor qaratish lozim. Ularning muammoliga panja ortidan qaramang. Ayniqsa farzandlaringiz qo'llab quvvatlashingizga muhtoj. Tajribali kishilar bilan hizmat safariga chiqishingiz mumkin. Natija kutilgandan ham a'lo bo'ladi.


Dalv:(7-13 Iyul)
Ushbu hafta kutilmagan vaziyatlar bilan ajralib turadi. Ayrim holatlarda hissiyotlaringizni jilovlamasangiz bo'lmaydi. Asabiylashavergandan foyda yo'q. Jumada ayrim ishlarni tez bitirishingizga to'g'ri keladi. Dam olish kunlarini tabiat qo'ynida o'tqazishga harakat qiling.


Hut:(7-13 Iyul)
Agar dangasalik qilmasangiz bu haftada harqachongidan ham ko'proq omadga erishishingiz mumkin. Ayrimlarni ishqiy sarguzashtlarga to'qnash kelishi kutilmoqda. Hissiyotlar bilan qiziqishlar o'rtasidagi chegarani aniqlab oling. Aqilni ishlating va har-bir qadamingizni o'ylab bosing. O'zgalar fikrini ham hurmat qilishni o'rganishingiz kerak.


...::: Reklama :::...
...::: Bizning Savol :::...
Sizning yoshingiz ???
Всего ответов: 193
...::: So'ngi Foydalanuvchilar :::...
...::: Saytni rivojlanishiga o'z hissangni qo'sh :::...
...::: Saytni rivojlanishiga o'z hissangni qo'sh :::...
RussianFeme.Com - знакомства с иностранцами
..:: Sayt Haritasi ::..

Hozirda | ()n_line 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
...::: Kun shiori :::...
Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta bahtli bo'lishlari shart!

...::: On-Line Market:::...

...::: Davlat ramizlari :::...


O`zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi


"O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi to'g'risida"gi Qonun 1992- yil 2- iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

Gerbning markazida tasvirlangan - qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi - baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta'riflagan.

Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U "qutlug’" degan ma'noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan.

Quyosh tasviri - davlatimizning yo'li hamisha nurli bo'lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko'rsatib turadi.

Boshoqlar - rizq-ro'zimiz bo'lmish g'allaning timsoli, oppoq bo'lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g'o'za shoxlari - serquyosh yurtimizning dong'ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug'doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog'iga o'xshagan lenta bilan o'rab qo'yilganligi - bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.

Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va "O'zbekiston" degan yozuv tillarangda; g'o'za shoxlari va barglari, vodiylar yashilrangda; tog'lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oqrangda; O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i tasvirlangan lenta to'rt xil rangda berilgan.

Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo'llaniladi. O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa va diplomatik hujjatlarda O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan bo'ladi. Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga boglik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va muassasalarining muhrlarida, o'zaro aloqa hujijatlarida ham gerb tasviri bo'ledi. Milliy valutamiz - so'mda ham davlat gerbi o'z ifodasini topgan.



O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i


"O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonun 1991-yil 18- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o'zligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi moviy rang - mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang. Sharqda azaldan qadrlanadi, o'z vaqtida buyuk Amir Temur ham o'z bayrog'iga bu rangni tanlagan.

Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o'z yo'lida baland dovonlardan oshib o'tishi kerak. Bayrog'imizdagi oq rang yo'lirnizning musaffo va charog'on bo'lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yo'llar - bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.

Yashil rang - serne'mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir.

Yarim oy - O'zbekiston xalqining ko'p asrlik an'analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar - musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.

Bayrog'imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o'lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.

Davlat bayrog'i - bizning o'tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.

O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar bayroqlari qatorida turibdi. O'zbekiston bayrog'i xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq davlat delegatsiyasini qabul qilish marosimlarida, chet el davlat delegatsiyalarini O'zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko'tariladi.
O'zbekiston bayrog'i O'zbekiston Prezidenti qarorgohi Oqsaroy binosi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo'yilgan. O'zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g'oliblikni qo'Iga kiritib, shohsupaga ko'tarilgan paytlarda ham O'zbekiston bayrog'i ko'tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va jahon uzra O'zbekiston bayrog'ining ko'tarilishi, bir tomondan, davlatimiz shon-shuhratini ko'tarsa, ikkinchi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g'urur bag'ishlaydi.


O`zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

"O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to'g'risida" gi Qonun 1992 - yil 10 - dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.


Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining asosiy timsollaridan biri bo'lib, u O'zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg'ularini uyg'otadi.

O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo'lini ko'ksiga qo'yib kuylaydilar va tinglaydilar.


Mutal Burxonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi


Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najod,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon.
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon !

NAQORAT:
Oltin bu vodiylar-jon O'zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' halq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali,tinchlik posboni,
Xaqsevar,ona yurt, mangu bo'l obod!

NAQORAT:
Oltin bu vodiylar-jon O'zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' halq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


  
Hurmatli Foydalanuvchilar hamda Mehmonlar ushbu bo'lim haqida o'z fikringizni (Minnaddorchilik, yoki Arzingizni) "Mehmonlar Kitobi" da qo'ldiring. Sizning har biringizni fikringiz biz uchun juda muhum.
 
 
WwW.ZarqaynaR.Co.Cc | Yanada ko'prog'ini kuting
...::: Kirish | Join :::...
Juma, 03.Мая.2024, 01:32


Salom! Hush kelibsiz Mehmon Iltmos Ro'yhatdan o'ting yoki o'z nomingiz bilan kiring.!
 
...::: Kalendar :::...
«  May 2024  »
DuSeChoPaJuShaYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
...::: DownLoaD :::...
...::: MP3 / Klips / Kino :::...
[Others]
QUEEN - THE SHOW MUST GO ON
[Enrique Iglesias]
Enrique.I - Can you hear me euro 2008
[MP3 | Russian]
TIMATI FEAT NOX - GET MONEY
[MP3 | Russian]
TIMATI - NE SHODI S UMA
[MP3 | Russian]
TIMATI - MOY PUT
[MP3 | Russian]
TIMATI FT. MARIO - WINANS FOREVER
[MP3 | Russian]
TIMATI FT DJ DLEE - RNB
[MP3 | Russian]
ANDREY GUBIN - DEVUSHKI KAK ZVEZDI
[MP3 | Russian]
ANDREI GUBIN MILAYA MOYA
[Oybek & Nigora]
Oybek & Nigora - Qorong'u tun
...::: Birja va Bank :::...
To'liq malumot www.nbu.com -->
< To'liq malumot >
...::: OBI-HAVO:::...


...::: PHOTO :::...

...::: MaslaXat :::...

Остаться в живых - LOST. Лучший сайт сериала.

...::: MAP :::...

...::: TsT_Direction Inc © | Barcha huquqlar himoyalangan :::... 2024
O'z hizmatlari uchun ga minnadorchilik bildiramiz